Sherzod A'zamov: "MTJga kelgandan so'ng hech kim raqobatdan cho'chimaydi"

29 avg 2015, 07:00
O'zbekiston terma jamoasiga taklif etilgan "Nasaf" himoyachisi Sherzod A'zamov kechagi mashg'ulotlardan so'ng o'zining ilk taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.


"Terma jamoa yangidan tuzilmoqda. Hamma narsa juda yaxshi. Tashkiliy ishlar ham a'lo darajada. Barcha murabbiylarning ish uslubi turli xil bo'ladi. Terma jamoa bilan birinchi marotaba shug'ullanishim. Mashg'ulotlar menga yoqmoqda. O'tgan safargi yig'inni jarohatim bois to'liq o'tkaza olmagandim. Umuman olib aytganda, taassurotlar yaxshi. Himoyada kuchli raqobat mavjud. Terma jamoaga kelganidan so'ng hech bir futbolchi raqobatdan cho'chimaydi. Hamma narsa avvalo o'zimga bog'liq. Mashg'ulotlarda murabbiylarga maqul kelish lozim. Kimni asosiy tarkibga kiritishni esa bosh murabbiy hal etadi. Kim o'ynashga to'liq tayyor bo'lsa o'sha maydonga tushadi. Ichki muhit ham a'lo darajada deb bemalol ayta olaman. Terma jamoaga birinchi bor kelganimga qaramay, bu yerdagi muhit menga maqul keldi. Barcha bir-biri bilan inoq. Oldimizda turgan o'yinlarda g'alaba qozonishimiz lozim. Barchamiz birgalikda harakat qilsak, bu o'yinlarda raqiblarimizni dog'da qoldira olamiz deb o'ylayman. Bunga kuchimiz etadi albatta. O'zbekiston terma jamoasi Yaman va Filippin kabi raqiblar bilan durang o'ynashi ham mumkin emas. O'ylaymanki, terma jamoa bilan ko'zlangan maqsadga erisha olamiz", - deydi Sherzod A'zamov.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia