"Sherif" ustozi: "Ishoning, hammasi endi boshlanmoqda"

Sherzod Nurmatov
30 sen 2021, 20:56
"Sherif" bosh murabbiyi Yuriy Vernidubning aytishicha, jamoadagilar hozircha Chempionlar ligasi pley-offi borasida o'ylamayapti.

"Hali guruh bosqichidan chiqish haqida gap-so'z yo'q. Oldinda 4 ta tur bor. Ishoning, hammasi endi boshlanmoqda. Har bir o'yinga bosqichma-bosqich tayyorlanish lozim.  7 dekabr kuni "Shaxtyor" bilan guruhdagi so'nggi o'yinimiz bo'ladi – o'shandan so'ng ko'ramiz", – dedi Vernidub.

"Sherif"ning CHLdagi debyut ishtiroki muvaffaqiyatli kechmoqda – ikki turda ikki g'alaba. Moldova klubi avval uyda "Shaxtyor"ni (2:0), seshanba kuni esa Madridda "Real"ni (2:1) yutdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS