

Ukraina klubi o'z saytida 33 yoshli futbolchi bilan 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan qisqa muddatli shartnoma imzolangani haqida e'lon qildi. Rakickiy "konchilar"ga tekinga tushdi, chunki so'nggi paytlarda u erkin agent maqomida edi.
Yaroslav Rakickiy “Shaxtyor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Zenit"ga o'tishdan oldin 2009 yildan 2019 yilgacha "konchilar"ning asosiy jamoasida o'ynagan. O'tgan yilning bahorida himoyachi Peterburg klubi bilan shartnomani bekor qilgandi. Joriy mavsumda ukrainalik futbolchi Turkiyada “Adana Demirspor” safida to'p tepdi.