

Brestliklar ilk marta virtual chiptalar sotuvini yo'lga qo'yishdi. Stadion tribunalarining bir qismiga esa haqiqiy ishqibozlar o'rniga manekenlar joylashtirildi va ularga klub muxlislarining rasmi qo'yib chiqildi. “Dinamo” klubi matbuot xizmatining xabar berishicha, virtual chiptalar sotuvidan tushgan mablag'ning ma'lum qismi mamlakatda koronavirusga qarshi kurash uchun xayriya qilinadi.






