"Shaxtyor" Matvienkoni "Napoli"ga 15 mln evroga sotishga rozi bo'ldi

Alisher
25 avg 2020
"Shaxtyor" (Doneck) himoyachisi Nikolay Matvienko "Napoli"ga o'tadi.

Klublar o'yinchinining 15 million evrolik transferi borasida kelishuvga erishishdi. Bundan tashqari, "konchilar" Matvienkoning keyingi sotuvdian 10% ulush olishadi.

24 yoshli Matvienko "Shaxtyor" tarbiyalanuvchisidir. U o'tgan mavsum UPL doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd et.i

Ukrainalik futbolchining "Shaxtyor" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Betnews365