

“Eshtoril” klubining 18 yoshli yarim himoyachisi Markos Antonio “Shaxtyor” klubi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Transfer summasi oshkor etilganicha yo'q. Ammo unga avvalroq “Benfika” va “Sporting” klublari ham qiziqish bildirayotgan edi. Antonio yanvarda yoki 2019 yil yozida “konchilar” safiga kelib qo'shiladi.



