

"Shanxay SIPG" bu turda "Changsha Ginde" mehmoni bo'ldi. Ikkala jamoadan bir nafardan futbolchi chetlatilgan bahsda kuchlar teng keldi. Odil Ahmedov qaydnomaga kiritilmadi.
"Changsha Ginde" - "Shanxay SIPG" 1:1
Gollar: Eran Zaxavi 30 - Xalk 45.
Anzur Ismoilov to'p tepadigan "Chanchun Yatay" ham mehmonda o'ynadi. "Jiangus Sainti"ga qarshi kechgan bahsda hamyurtimiz jamoasi kichik hisobda g'alabga erishdi. Anzur Ismoilov o'yinda to'liq ishtirok etdi.
"Jiangsu Sainti" - "Chanchun Yatay" 0:1
Gol: Yan Bo YU 16 (avtogol)
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Egor Krimecning "Beyjin Goan" klubi 13-turda "Tianjin Teda"ni qabul qildi. Krimec o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.
"Beyjin Goan" - "Tianjin Teda" 2:0
Gollar: Burak Yilmaz 30, Renato Augusto 60.



