

Xitoy Superligasida yangi mavsum mart oyi boshida start oladi. Andre Villash-Boash boshchiligidagi klub chempionatga tayyorgarlikning bir qismini Qatar mamlakatida o'tkazadi. Yaqinda "Shanxay SIPG" klubi safiga qo'shilgan braziliyalik Oskar instagramdagi o'z sahifasida jamoa bilan Qatarga uchayotganini ma'lum qilib ushbu rasmni joyladi.
Eslatib o'tamiz, bu klubga o'zbekistonlik yarim himoyachi Odil Ahmedov ham ko'chib o'tdi.




