Shakiri Manchini bilan suhbatdan so'ng "Inter"ga o'tishga rozi bo'ldi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2015, 07:15
"Bavariya" yarim himoyachisi Shyerdan Shakiri "Inter"ga o'tishga rozilik berdi.

Bu haqda mashhur italiyalik jurnalist Janluka di Marcio sayti ma'lum qildi. Xabarlarga ko'ra, bu kelishuvda ko'k-qoralar bosh murabbiy Roberto Manchini hal qiluvchi rolni o'ynadi.

Shakiri "Inter"da ijara asosida o'ynashi kutilmoqda va milanliklar buning uchun nemislarga 2 mln evro to'laydi. Kelishuvda ijara tugaganidan so'ng jamoa futbolchini 13 mln evroga sotib olishi mumkinligi haqidagi band ham bor.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com