Shahram G'iyosov Ronalduning nishonlashini takrorladi

Aslanov Jasurbek
15 avg 2016, 12:16
69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz Shahram G'iyosov jahonga mashhur nashrlar e'tiboriga tushdi.

G'iyosov Olimpiadaning ikki karra sovrindori bo'lgan kubalik Roniel Iglesiasni mag'lub etib, g'alabani "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu uslubida nishonladi.

Ushbu nishonlash tez orada turli ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketdi. Jahonga mashhur futbol nashrlari esa hamyurtimizning harakatlariga quyidagicha izoh berdi:

Marca.com - G'iyosov g'alabasini Krishtianu Ronaldu uslubida nishonladi



Goal.com- Rioda mashhur nishonlash amalga oshirildi, ammo bu safar boks ringida




O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia