Shackixga O'zbekistondan taklif bo'lsa o'ylab ko'radi

Narzulla Saydullayev
23 dek 2013, 15:31
O'zbekiston tarixidagi eng kuchli legioner Maksim Shackix ayni paytda jamoasiz.
"IF" uchun eksklyuziv intervyu o'tkazgan Kamoliddin Alimov, Shackixning kelgusi rejalari bilan qiziqdi.

Muxbirning O'zbekiston jamoalaridan har tomonlama manfaatli taklif bo'lsa, uni qabul qilarmidingiz? degan savoliga, "Dinamo" Kiev tarixidagi eng zo'r hujumchi shunday javob berdi:
- O'ylab ko'rish kerak. Lekin hozircha bunday taklif bo'lmadi.

So'nggi marotaba 2011 yilning 11 noyabrida KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan hujumchi, agar imkoni bo'lsa MTJ safidagi xayrlashuv uchrashuvida maydonga tushish istagida ekanligini bildirgan.
- Menimcha, buni har bir futbolchi istasa kerak. Tabiiyki, men ham muxlislarimiz ko'z o'ngida o'zimning xayrlashuv o'yinim o'tkazilishi xohlayman. Lekin faqat mening xohishim bilan ish bitmaydi.

Intervyuning to'liq qismini "IF"ning seshanba sonida mutolaa qilishingiz mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia