Shackix – Ukraina chempionligini eng ko'p qo'lga kiritgan futbolchilar o'nligida

Eldor Akmurzayev
5 fev 2023, 10:10
Transfermarkt portali Ukraina chempionatiga doir ma'lumotni taqdim etdi.

Unga ko'ra, “Dinamo K” afsonasi Aleksandr Shovkovskiy mamlakat chempionligini eng ko'p qo'lga kiritgan futbolchi sifatida ko'rsatildi. U kievliklar bilan 14 bor bosh sovrin egasiga aylangan. Keyingi o'rinlardan “Shaxtyor” sobiq a'zosi xorvatiyalik Dario Srna hamda hozir ham jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan darvozabon Andrey Pyatov joy oldi. Ikkisida ham 10 tadan titul bor.

Shuningdek, top-10'dan “Dinamo K” bilan 8 bor Ukraina chempionligini qo'lga kiritgan Maksim Shackix ham bor. Shackix 1999-2009 yillarda “oq-ko'klar” sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Transfermarkt