"Sevilya" tibbiy ko'rikdan o'ta olmagan "Aston Villa" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmadi

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2017, 17:43
"Aston Villa" himoyachisi Jordan Amavi o'z klubida qoladi.

7 iyul kuni ingliz klubi "Sevilya" bilan 23 yoshli futbolchi transferi borasida kelishuvga erishgani e'lon qilingandi, ammo bu amalga oshmadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Amavi tibbiy ko'rikdan o'tgan, biroq ispan klubi rahbariyatining natijalardan ko'ngli to'lmadi. Klubdagilarning takidlashicha, himoyachi jamoa standartlariga javob bermaydi. Oldinroq fransiyalik futbolchi "Sevilya" bioan 5 yillik shartnoma borasida kelishib olgan edi.

"Aston Villa"dagilar yuzaga kelgan vaziyatdan hayratda va Amavida "Sevilya"ga o'tishi uchun hech qanday muammo yo'q deb hisoblashadi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports