Sevilya ketma-ket uchinchi yil Yevropa ligasi finaliga chiqdi

Narzulla Saydullayev
6 may 2016, 08:06
Sevilya Yevropa ligasi yarim finalida Shaxterni mag'lub etib (3:1, ikki o'yin natijasi - 5:3 ) finalga yo'l oldi.

Shunday qilib, Ispaniya klubi nufuzi jihatdan ikkinchi o'rinda turadigan evrokubok finaliga chiqdi.

Sevilya ketma-ket uchinchi yil Yevropa ligasining hal qiluvchi o'yinida ishtirok etadi. Klub o'tgan yilda bosh sovringa ega chiqishgan.

Ma'lumot uchun, Sevilya UEFA Kubogi/Yevropa ligasida jami 4 bor zafar quchgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia