"Sevilya" hujumchisining xizmatlari "Barselona"ga taklif qilindi

Sherzod Nurmatov
22 avg 2021, 21:19
"Sevilya" va Niderlandiya terma jamoasi forvardi Lyuk de Yong faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Xabarga ko'ra, niderlandiyalik hujumchining xizmatlari "ko'k-anorranglilar"ga taklif etildi. Ronald Kuman uni yaxshi taniydi, chunki ular termada birga ishlashgan.

Manbaning xabar berishicha, de Yong "Barsa" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun ustuvor variant emas.

Qo'shimcha qilinishicha, kataloniyaliklar transfer oynasi so'nggi kunlarida tarkibni biror bir hujumchi bilan to'ldirmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport