"Sevilya" futbolchisi Ivan Rakitich Messi haqida: "Muammosiz, biz unga joy topamiz"

Alisher
4 sen 2020, 14:23
"Sevilya" yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Barselona" forvardi Lionel Messi haqida gapirdi.

"Biz unga joy topamiz ["Sevilya"da], muammosiz.

Yo'q, jiddiy aytyapman, klubning o'sishini ko'rish juda yoqimli. Biz doimo kamtarmiz. Bu narsa meni ham o'ziga jalb qiladi.

Men "Sevilya"ni kattaroq [klub sifatida] qilish uchun ishlashni va jamoa bilan kurashishni xohlayman. Buni intiqlik bilan kutyapman", - deydi Rakitich.

Xorvatiyalik futbolchi argentinalik bilan 2014-2020 yillar davomida Kataloniya klubida birga o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal