"Sevilya" forvardida koronavirus aniqlandi

Mirjalol Normatov
6 sen 2020
"Sevilya" hujumchisi Munir El-Haddodi koronavirusga chalindi.

Bu haqida klub rasmiy sayti ma'lumot berdi. Futbolchida simptonlar kuchli emas, u o'zini yaxshi his qilmoqda. Munir yaqin kunlarni Madriddagi uyida izolyaciyada o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, 24 sentyabr kuni "Sevilya" UEFA Superkubogi doirasida "Bavariya"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Budapeshtda bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal