"Sevilya" A Seriyadagi hujumchiga qiziqmoqda

Alisher
8 yanv 2022, 11:01
"Bolonya" forvardi Rikkardo Orsolini faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

24 yoshli italiyalik futbolchi uchun "Sevilya" da'vogarlik qilmoqda, andalusiyaliklar o'yinchini mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishmoqchi.

Ispan klubi Suso va Erik Lamelaning jarohati tufayli hujumda muammoga duch keldi.

Orsolini joriy mavsum 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio