Sesk Fabregas: "Hali hech kim ketma-ket 3 marotaba Yevropa Chempionatida yutmagan, lekin..."

Aziz Tukhtamuradov
13 okt 2015, 20:27
Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Sesk Fabregas Ukrainaga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Maqsadimiz - doimo g'alaba qozonish. Yo'llanma taqdirini hal qilgan bo'lsakda, Ukrainaga dam olish uchun kelmagandik. Ushbu o'yin men uchun ham alohida ahamiyat kasb etardi. Chunki, ushbu o'yinda men terma jamoa tarkibidagi 100-o'yinimni o'tkazdim.

Penalti? Bazida gol kirita olasan. Bazida esa yo'q. Buning qo'rqinchili joyi yo'q.

Endi Fransiyadagi turnir haqida o'ylaymiz. Yevropa chempionatida ketma-ket 3 marotaba g'olib bo'lish hali hech kimga nasib etmagan. Lekin, biz buni uddalash uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", - deydi Fabregas.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: uefa.com