Serxio Robertoga Yevropa grandlari qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
15 avg 2017
"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Roberto xizmatlariga Yevropaning bir nechta grand klublari qizqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Milan", "Yuventus", "Chelsi" va "Manchester Yunayted" uni o'z safida ko'rmoqchi.

Oldinroq, Serxi Roberto jamoadagi o'z holatidan norozi ekanligi e'lon qilingan edi. Klubga Ernesto Valverde kelganidan so'ng, Roberto har doim ham asosiy tarkibda maydonga tushmayapti va u boshqa jamoaga o'tish haqida o'ylab qoldi.

Serxi Robertoning transfer narxi 40 mln. evro. U va Kataloniya klubi o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozigacha amalda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo