

"Oltin to'p", Chempionlar ligasi, jahon chempionati... Qaysi birini yutishni orzu qilasiz?
- Iloji bo'lsa hammasini. Bu mening orzuim. Hech qachon orzu qilishdan to'xtamayman. Madrid klubi bilan beshinchi marta YCHLni yutishni istardim. Bu ajoyib ish bo'lardi. Shuningdek, termada ham yana bir sovrin yutishni xohlayman (Yevropa yoki Jahon...).
"Oltin to'p" masalasida. Unga qanchalik yaqinligimni bilmayman. Fabio Kannavaro uddalagan ishni nima uchun takrorlamasligim kerak. Bolaligimdan orzu qilgan sovrinim uchun ishonishda davom etaman, - deydi Ramos.


