
Biz omadsiz davrni boshdan o'tkazdik. "Real"dek jamoa ketma-ket ikki o'yinda mag'lubiyatga uchrasa nimalar ruy berishini yaxshi bilasiz.
Endi biz g'alabalar seriyasini boshlab oldik. Bu bizga o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni qaytaradi. "Deportivo"ga qarshi o'yinda raqib jarima maydonchasi ichida yaxshi o'ynadik.
Futbolda g'alaba va mag'lubiyatlar uchrab turadi. Ishlash va mehnat qilishda davom etishimiz kerak.