

"Guruhimizni kuchsiz deb bo'lmaydi. Bu bosqichga yetib kelgan terma jamoalarning barchasida JCHga chiqishga imkoniyati mavjud. Shuning uchun raqibimiz Koreya bo'ladimi yoki Suriya, ularning ikkisiga ham bir xil munosabatda bo'lib, 100% tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Bu raqiblarni barchasi bilan o'ynaganmiz, ular haqida yaxshi bilamiz. Ayniqsa Janubiy Koreya va Eronga aytadigan gaplarimiz yo'q emas. Taqdir ularni yana bir bor bizga ro'baro qildi va bundan unumli foydalanishimiz kerak", - deydi Server Jeparov.
- JCH yo'lida yana nima qilishimiz kerak deb o'ylaysiz?
- Shaxsan o'z fikrimni aytadigan bo'lsam, bu yo'lda mamlakatimizdagi barcha-barcha birdek ishlashi va birlashishi kerak.



