“Serial” tugadi. Mbappe yozda “Real Madrid”ga o'tadi

Khoja
4 fev 2024, 09:38
ESPN PSJ hujumchisi Kilian Mbappening yozda jamoani tark etishini e'lon qildi.

 Futbolchi yozda “Real Madrid”ga ko'chib o'tadi. Madridliklar hujumchini tekinga qo'lga kiritishmoqda. Futbolchi klub bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.

Eslatib o'tamiz, Mbappening PSJ bilan tuzgan shartnomasi yozda yakunlanadi. Parijliklar futbolchini jamoada saqlab qolish uchun yiliga 100 million evro berishga tayyor. Francuz joriy mavsum PSJ tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol va 7ta assist qayd etdi. 

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: ESPN