Sergey Lushchan: “Jamoada o'zgarishlar bo'ladi”

Aziz Tukhtamuradov
11 iyun 2018, 22:38
Xabar berganimizdek, bugun Pepsi Superliganing 15-turida “So'g'diyona” safarda “Qizilqum”ga qarshi bahs olib bordi va 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

O'yindan so'ng “So'g'diyona” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushchan va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Elyor Orifovlar matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Bugun haqli ravishda mag'lub bo'ldik. “Qizilqum” jamoasini tabriklayman. Bugun maydonda faqat bir jamoa futbol o'ynadi. Raqiblar vaziyatlardan unumli foydalanishdi. Ikkita xato golga aylandi. Jamoa bugun futbol namoyish etmadi. Qaysidir vaziyatlarni vaziyat deb ham bo'lmaydi. Transfer oynasi ochilishi bilan jamoada katta o'zgarishlarni amalga oshiramiz, - dedi Sergey Ivanovich.

- Qiziqarli va muxlislarbob o'yin bo'ldi. “Qizilqum” g'alabani ko'prok xohlagan ekan, mana niyatiga etdi. Raqiblarni tabriklayman. Yo'l qo'ygan ikki xatoimiz gol bilan tugadi. Tanaffusda keyingi o'yinlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko'ramiz va yanada kuchli bo'lib qaytishga harakat qilamiz, - dedi Elyor Orifov.

“So'g'diyona” PFK matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif