Sergey Lushan: “Ko'proq gol urishimiz kerak”

Narzulla Saydullayev
19 okt 2018
Superliga 26-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Qo'qon-1912” ni qabul qildi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan so'ng “So'g'diyona” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushan va jamoa sardori Sanjar Rashidov o'yin borasida o'z fikrlarini bildirdi.

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Shogirdlarimning o'yinidan qoniqdim. Afsuski ko'plab  vaziyatlardan foydalana olmadik. Bahs davomida ko'plab vaziyatlarni yaratib atigi  bitta gol kiritdik. Bunday uchrashuvlarda mahorat o'z so'zini aytadi. Raqiblarda ham gol urish uchun ko'plab imkoniyatlar  bo'ldi. Baxtimizga ularning zarbalari darvoza ustuniga tegdi.  Yakunda g'alaba qozondik va bundan xursandmiz. Yaratilayotgan qulay  vaziyatlarni golga aylantirish ustida mashg'ulotlar davomida ko'proq ishlaymiz - deydi Sergey Lushan.

Bu o'yinga ko'p vaqt davomida tayyorlandik va g'alaba biz uchun muhim edi. Og'ir o'yin o'tkazdik. G'alaba qozondik bundan xursandmiz. Bizni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga jamoamiz nomidan raxmat aytamiz - deydi jamoa sardori Sanjar Rashidov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати