Sergey Lushan: "Bunyodkor" safidagi aksar futbolchilar meni shogirdlarim hisoblanadi"

Narzulla Saydullayev
10 mar 2019, 20:49
Superliganing 1-turidan o'rin olgan So'g'diyona - Bunyodkor (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Sergey Lushan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- G'alaba qozondik, demak hammasi to'g'ri bajarilgan. Bunyodkorni yaxshi bilardik. Raqib safidagi aksar futbolchilar meni shogirdlarim hisoblanadi.

Bunyodkor safida To'raev va G'ofurov o'ynamasligidan xabarimiz bor edi. Himoya nozik nuqtasi bo'lishini e'tiborga olib, uzoq masofalarga to'p uzatish taktikasidan foydalandik. Bizda tezkor hujumchilar bor edi, yakunda bu o'z samarasini berdi. Himoyachi xato qildi, biz foydalandik. Raqib ham bizning birgina xatomizni gol bilan jazoladi.

Natijadan ham o'yindan ham qoniqdim. Maqsad g'alaba qozonish edi, vazifa uddalandi. Endi shu tempda o'sishda davom etsak bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Бунёдкор” матбуот хизмати