Sergeev “Tobol”ni tark etdi

Оқил Абдубарноев
27 yanv 2023, 21:55
Qozog'istonning "Tobol" klubi futbolchisi Igor Sergeev klubni tark etdi.

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi klubning ikkinchi yig'in uchun qaydnomasidan o'rin olmadi.

Igor o'tgan mavsum klub safida 24 uchrashuvda 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Tobol"ning ikkinchi yig'ini Turkiyada 29 yanvardan 19 fevralga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: GoalKz