Serbiyalik futbolchi “So'g'diyona” bilan shartnomasini uzaytirdi

Eldor Akmurzayev
5 yanv 2022, 07:50
Serbiyalik yarim himoyachi Luka Chermel Jizzax klubi sharafini himoya qilishda davom etadi.

U klub bilan 2023 yil oxirigacha mo'ljallangan kelishuv tuzdi.

Luka "So'g'diyona"ga 2021 yilgi mavsumning boshida  Serbiyaning “Indija” jamoasidan kelgandi. Tomonlar yangi mavsum oldidan kelishuv muddatini uzaytirishdi. 

O'tgan mavsumda 26 yoshli futbolchi Superligada 26ta o'yinda maydonga tushgan hamda 1ta gol urishga erishgandi.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia