Serbiya terma jamoasining sobiq futbolchisini "Andijon"ga o'tmoqda

Khoja
4 dek 2025
O'tgan mavsumni Qozog'iston chempionatining "Elimay" klubida o'tkazgan Nemanya Chalasan faoliyatini yurtimizda davom ettirishi mumkin.

Himoyachi "Andijon" klubiga o'tishga yaqin. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.

Ma'lumot uchun, 29 yoshli himoyachi Serbiya U-21 va Serbiya MTJ sobiq futbolchisi hisoblanadi. Himoyachi yakunlangan mavsumda Qozog'iston chempionatida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta assist qayd etgan. Transfermarkt futbolchini 700 ming evroga baholagan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia