"Sepaxon" ustozi: "Chempionatda barchamizga 2 futbolchi kerak: haqiqat va adolat"

Omonjon To`xtamirzayev
20 okt 2023, 18:10
OKMKning OCHLdagi raqibidan chempionatda 4 ochko olib tashlangan.

Eronning "Sepaxon" klubi bosh murabbiyi Xose Morais Instagramdagi sahifasida qiziqarli post qoldirdi.

Portugaliyalik mutaxassis shunday fikr bildirgan: "Bu liga uchun barchamizga ikki nafar futbolchi kerak: haqiqat va adolat".

"Sepaxon" Eron chempionatida dastlabki 5 o'yinning barchasida g'alaba qozonganiga qaramay, mamlakat futbol federatsiyasi Tartib-intizom qo'mitasi tomonidan 4 ochkodan mahrum qilingan.

Eslatib o'tamiz, "Sepaxon" ertaga Toshkentga tashrif buyuradi va 23 oktyabr kuni OCHL guruh bosqichi doirasida OKMK mehmoni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia