Sebalos "Real" bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi

Оқил Абдубарноев
22 iyun 2023, 23:17
Yarim himoyachiga "Atletiko" va "Bavariya" qiziqish bildirmoqda.

Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Dani Sebalos bilan shartnomani uzaytirdi.

Manbaning xabariga ko'ra, yarim himoyachi yangi shartnoma imzolash uchun Mayamidan Madridga qaytib keldi. Bitim 2027 yilgacha amal qiladi.

Qayd etilishicha, futbolchiga bir qancha klublar, jumladan, “Atletiko” va “Bavariya”, shuningdek, Qatar va Saudiya Arabistoni jamoalari ham qiziqish bildirgan.

"Qirollik klubi" shu hafta ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma uzaytirilishini rasman e'lon qilishi kutilmoqda.

Sebalos o'tgan mavsum La Ligada 30 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Relevo