Sautgeyt: "Bo'shashmaslik kerak"

Mirjalol Normatov
3 dek 2023, 10:58
Angliya termasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Evro-2024 qur'asi haqida gapirdi.

Angliya termasi Evro-2024 guruh bosqichida Sloveniya, Serbiya va Daniyaga qarshi bahs olib boradi.

"Bo'shashmaslik kerak. Serbiyaga qarang, u yerda Aleksandar Mitrovich bor.

Sloveniyaga qarshi esa Angliya termasi bosh murabbiyi sifatida ilk o'yinlarimdan birini o'tkazganman. O'shanda Jo Xart bizni qutqarib qolgani hamon yodimda. Agarda o'sha seyv bo'lmaganida men hozir termada ishlamasdim. Bunday holatlar doimo esda qoladi", - dedi Sautgeyt.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal