

APL 36-turida "Sautgempton" klubi "Fulxem"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, turnirning oxirgi o'rnida borayotgan "Sautgempton" 24 ochko bilan 17-o'rindagi jamoadan 8 ochkoga ortda qolmoqda. Chempionat yakunlanishiga ikki tur qolgani inobatga olinsa, "Sautgempton"ning APLda qolish imkoniyati rasman yo'qqa chiqdi.
Shu tariqa, "Sautgempton" keyingi mavsumni Chempionshipda o'tkazadi. Jamoa 2012-2013 yilgi mavsumdan beri APLda o'ynab kelayotgan edi.



