

Bu qarorga o'yinchilar hamda murabbiylar shtabi kelishgan holda qo'l urgan. Klub a'zolari shu orqali turli yosh toifasidagi insonlarning hayotini sport bilan yaxshi tomonga o'zgartirishga harakat qiluvchi Saints Foundation jamg'armasiga yordam bermoqchi bo'lgan.
Shuningdek, Ralf Xazenxyuttl murabbiyligidagi jamoa yirik mag'lubiyatdan keyin vaziyatni o'nglash maqsadida dam olish kunlarida klub lagerida ham mashg'ulot o'tkazganligi xabar qilinmoqda.
Aytish joizki, “Sautgempton”ni oldinda “Manchester Siti”ga qarshi ikkita safardagi bahs kutib turib. Ularning birinchisi Angliya Liga Kubogi doirasida 29-oktyabr kuni bo'lib o'tsa, navbatdagisi 2 noyabr kuni APLning 11-turi doirasida o'tkaziladi.



