Saulga 3 ta klubdan taklif bor

Sherzod Nurmatov
28 may 2024, 19:09
Ispaniyalik futbolchi klubini almashtirishi mumkin.

"Valensiya", "Sevilya" va "Betis" Madridning "Atletiko" jamoasi yarim himoyachisi Saul Nigesga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Todofichajes" xabar bermoqda.

Avvalroq futbolchining Madrid klubini tark etishi ko'rib chiqilgandi. U hatto ijara asosida "Chelsi"da o'ynadi, ammo keyin "matraschilar"ga qaytdi.

Ispaniyalik futbolchining o'yin vaqti bilan bog'liq vaziyati murakkab. 29 yoshli xavbek o'tgan mavsum La Liganing 34 ta uchrashuvida qatnashgan bo'lsa, 20 tasida zaxiradan maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Todofichajes