Saudiya Superkubogi. "Al Hilol" kambek qilib finalga yo'l oldi. Finaldagi raqib bugun aniqlanadi

Khoja
14 avg 2024, 07:30
Saudiya Arabistoni Superkubogining ilk yarim uchrashuvida "Al Hilol" va "Al Ahli" o'zaro bahs olib bordi.

 Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad amaldagi chempionga nasib etdi.

Ikkinchi yarim finalda 14 avgust kuni An Nasr va At Taavun o'zaro to'qnash keladi.

Saudiya superkubogi. Yarimfinal

"Al Hilol" - "Al Ahli" 1:1

Penaltilar seriyasi - 4:1.

13 avgust, "Kingdom Arena"

Gollar: Mitrovich (90) - Firmino (60).

"Al Hilol" - Bunu, Al Yami (Abdulhamid, 62), Xalifa Ad Dovsari, At Tambakti, Lodi (Ash Shahroni, 62), Nosir Ad Dovsari (Al Hamdan, 62), Nevesh, Mikael, Milinkovich-Savich, Salim Ad Dovsari, Mitrovich. 

"Al Ahli" - Mendi, Majrashi (Hindi, 75), Demiral, Ibanes, Al Hurayji, Al Johani (Al Hamad, 84), Kessie, An Nabit (Ar Rashidi, 61), Firmino, Mahrez, Darisi (Veyga, 61).

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com