Saudiya klubi Fabinoga qiziqish bildirmoqda

Оқил Абдубарноев
13 iyul 2023, 23:43
Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” klubi “Liverpul” yarim himoyachisi Fabinoga qiziqish bildirmoqda.

Arablar braziliyalik o'yinchi uchun 40 million funt taklif qilishga tayyor. 29 yoshli futbolchining mersisaydliklar bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi. "Liverpul" yarim himoyachini o'rniga o'rinbosar topmaguncha qo'yib yubormoqchi emas.

O'tgan mavsum Fabino 49 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qildi va 13 ta sariq kartochka oldi. 

Transfermarkt portali braziliyalik futbolchini 42 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Sun