Saudiya Arabistoni va MLS klublari Pogba bo'yicha ma'lumotlarni so'ragan

Omonjon To`xtamirzayev
8 okt 2024, 11:47
Ma'lumolarga qaraganda, "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogba Turinni tark etadi.

Ma'lum qilishlaricha, futbolchi agentlari futbolchi uchun yangi jamoa topish uchun bozorni o'rganishmoqda. Saudiya Arabistoni va MLS klublari xavbek bo'yicha ma'lumot so'ragani hamda futbolchining keyingi manzili aynan shu chempionatlarda bo'lishi mumkinligi takidlanmoqda.

Eslatib o'tamiz, Pol Pogba doping tufayli 4 yilga diskvalifikaciya qilingan, ammo keyinroq jazo muddati qisqartirilgandi. Futbolchi keyingi yilning bahorida maydonga qaytishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Sky Sports