Saudiya Arabistoni Pro ligasi. "Al Nassr", "Al Ittihod" va "Al Ahli" ishtirokidagi o'yinlar bo'lib o'tdi, Ronaldu yana penaltidan gol urdi

Alisher Ostonov
9 noya 2025, 00:34
Saudiya Arabistoni Pro ligasi 8-tur doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tdi.

Anjelo 47-daqiqada gol urib, "Al Nassr"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Mezbonlar o'yinchisi Lusiano Rodriges 56-daqiqada maydondan chetlatildi. Biroz o'tib, aniqrog'i 65-daqiqada "Al Nassr" penalti ishladi va uni Ronaldu aniq ijro etdi. 84-daqiqada Ahmad Abdu kutilmaganda mezbonlar hisobiga bitta to'p yozib qo'ydi. Ammo, Joau Feliks 86-daqiqada yakuniy hisobni o'rnatdi.




Mezbonlar o'yinchisi Abdulaziz Al Otman 13-daqiqada hisobni ochdi. Mehmonlar safida esa yarim himoyachi Jorjo Veynaldum 86-daqiqada penaltini aniq ijro etdi.




Riyod Mahrezning 55-daqiqada urgan goli o'yin taqdirini hal qildi.




O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia