Saudiya Arabistoni klublarining navbatdagi nishoni - "Chelsi" yarim himoyachisi

Omonjon To`xtamirzayev
3 apr 2025, 12:36
Italiyada ijara huquqi asosida to'p tepayotgan Joau yozda "Chelsi"ga qaytishi kerak.

"Milan" yarim himoyachi Joau Feliksni o'z safida olib qolish niyatida ekanligini ma'lum qilgan. O'z navbatida, Feliks "aristokratlar"ning rejalariga kirmaydi. Portugaliyalikka "Galatasaroy" va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Feliks shu yil "Milan"ga "Chelsi"dan ijaraga o'tgan. Joriy mavsum 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 31 o'yinda maydonga tushdi va 8 ta gol urib, 3 ta golli uzatma etkazib berdi.

Avvalroq, Feliksga "Aston Villa" klubi qiziqayotgani aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: DeadlineDayLive