Saudiya Arabistoni klubi Ronaldu uchun narxni yanada oshirdi

Mirjalol Normatov
27 noya 2022, 11:55
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Krishtianu Ronalduni Osiyoda juda katta mablag'li shartnoma kutmoqda.

Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubi Krishtianu Ronalduga taklif bilan chiqdi. Portugaliyalik futbolchi ushbu klubda 3 yilda 216 mln evro ishlab topishi mumkin. Biroq Krishtianu yakuniy qarorni jahon chempionatidan keyin chiqarishni ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, JCH 1-turi doirasida Ganaga qarshi o'yin oldidan "Manchester Yunayted" futbolchi bilan shartnomaning bekor qilinganligini rasman e'lon qildi. Ayni damda futbolchi erkin agent maqomida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal