"Sassuolo" futbolchisi "Yuve" bilan kelishib olgani uchun "Arsenal"ga rad javobini berdi

Mirjalol Normatov
18 iyul 2021, 15:31
"Sassuolo" yarim himoyachisi Manuel Lokatelli "Arsenal" hamda Dortmundning "Borussiya"siga rad javobini berdi.

Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, futbolchi "Yuventus" bilan kelishib olgan va shu boisdan u boshqa takliflarga rad javobini bermoqda. Tomonlar uzoq vaqtdan buyon muzokaralar olib borayotgan bo'lsa-da, ishni yakunlash qiyin kechmoqda.

Futbolchi "Yuventus" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. O'tgan mavsumda u A Seriyaning 34 o'yinida qatnashib, 4 gol muallifi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira