Sarri: "Raqibingiz jarima maydonchasiga chuqur yotib olsa ham qiyin"

6 noya 2019, 19:45
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri Moskvaning "Lokomotiv" jamoasiga qarshi o'yindan oldin fikrlarini bildirdi.

"Bu biz uchun qiyin o'yin, chunki Yevropada etarli darajada o'ynamasangiz, jazolanasiz. Maqsad - natija qayd etgan holda, pley-off yo'llanmasini bevosita qo'lga kiritish. Raqibingiz jarima maydonchasiga chuqur yotib olsa ham qiyin. Bunday holatlarda indiviudal salohiyat sizga yordam berishi mumkin. Baxtimizga, bizda mahoratli o'yinchilarimiz etarli va ular birinchi o'yindagidek harakat qilishsa, hammasi joyida bo'lishi kerak. Lekin, o'ylaymanki, "Lokomotiv" o'zgacha va hujumkor o'yin namoyish etadi" – deydi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com