

"Gvardiola Angliya futbolida bosim yuqoriligi, kurashlar oxirigacha davom etishini, umuman olganda barchasi qiyin ekanligini tushuntirdi. Uning o'zida ham ilk mavsumda katta muammolar bo'lgani, keyinchalik barchasi iziga tushib ketganini aytdi.
Albatta, u menga shunday dedi: "Angliyaga kelaqol". Har bir top-murabbiy APLda ishlashni orzu qiladi. APL - dunyoning eng yaxshi ligasi. Bu yerda ekanimdan juda ham baxtliman", - dedi Sarri.



