Sarri "Chelsi" futbolchilariga og'ir shtangalar ko'tartirmayapti

Aslanov Jasurbek
8 noya 2018, 18:14
"Chelsi" ustozi Mauricio Sarri trenajyor zalida o'z futbolchilariga og'ir shtangalar ko'tarishga yo'l qo'ymayapti.

BATEga qarshi Yevropa ligasi o'yinidan oldin London klubi ustozi Alvaro Moratani uyda qoldirdi. Biroq Sarrining so'zlariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi bu vaqt ichida og'ir shtanga ko'tarib ko'tarmaydi.

"U og'irlik ko'tarmaydi. Morata kecha aerobika bilan shug'ullandi, bugun esa mashg'ulotlar jiddiyroq bo'ladi. Lekin u yuk bilan ishlamaydi. Trenajyor zalida faqat tabiiy yo'l bilan ishlaydi va hech kim og'ir shtanga ko'tarmaydi. Bu futbolchiga kerak bo'lganini ko'rmaganman" - deydi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror