Sardor Soibov endi “Qo'qon-1912”da

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2014, 17:05
Davralar oralig'ida “Andijon”ning o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ma'lum muddat qatnashib ortga qaytishga majbur bo'lgan Sardor Soibov ko'p vaqt jamoasiz qolmadi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, iqtidorli futbolchi kuni-kecha birinchi liga ishtirokchisi “Qo'qon-1912” lageriga borib qo'shilgan. Ikkinchi bosqich o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida “Qiziltog'” bazasida yig'in o'tkazayotgan qo'qonliklar Soibovni o'z tarkibiga qo'shib olib, qanotlardagi muammoni hal etgan bo'lsa ajab emas.

Eslatib o'tamiz, Sardor o'tgan mavsumda ham ikkinchi davrani birinchi ligada o'tkazgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia