Sardor Rashidov: "Maydonga tushmaganimga bir oy bo'lgandi"

13 fev 2018, 15:31
Kecha Toshkentning "Lokomotiv" klubi OCHL guruh bosqichi 1-tur uchrashuvini o'tkazdi.

Temiryo'lchilar" OCHL musobaqasini BAAning "Al Vahda" jamoasiga qarshi bahs bilan boshladi va yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so'ng "Lokomotiv" klubi futbolchisi Sardor Rashidov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"To'g'risini aytsam, "Al Vahda"ga qarshi oson o'yin o'tkazdik, deya olmayman. Chunki birinchi bo'limda biroz qiyinchilik bo'ldi. Ikkinchi bo'limda raqib darvozasini ishg'ol qilishga harakat qildik va 5 marotaba "Al Vahda" darvozasini ishg'ol qildik. Guruhdagi birinchi turda g'alaba qozondik, bundan xursandmiz. nasib qilsa keyingi bahslarda ham g'alaba qozonishga harakat qilamiz. 

Uchrashuv davomida o'yinim biroz pastlaganini ko'pchilik sezgan bo'lsa kerak. "Al jazira" tarkibida so'ngi bor 1 oy avval rasmiy uchrashuvni o'tkazgandim. Shundan so'ng, "Lokomotiv" jamoasi bilan OCHL guruh bosqichida ilk rasmiy o'yinimni o'tkazdim. Bu holat o'zimga ham sezildi. Keyingi bahslarda yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qilaman", - deydi Sardor Rashidov



Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia