Sardor Rashidov: "Lokomotiv" kuchli o'yin ko'rsatmoqda, ammo..."

6 apr 2018, 06:54
Toshkentning "Lokomotiv" klubi superliga 5-turidan o'rin olgan uchrashuvda o'z uyida "Qo'qon-1912" jamoasini qabul qiladi.

Ushbu uchrashuv oldidan "Lokomotiv" klubi futbolchisi Sardor Rashidov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi uchrashuvdan oldin OCHL guruh bosqichida BAAning "Al Vahda" jamoasi bilan bahs olib bordik va kerakli bo'lgan natijani qo'lga kiritdik. Guruhdan chiqib imkoniyatini saqlab qoldik. "Al Vahda"ga qarshi ikki o'yinda ham kuchli o'yin ko'rsatdik. "Lokomotiv" barcha o'yinlarda kuchli o'yin ko'rsatadi, ammo, bazida omad kelmay qoladi.  Superliga bahslarida bor kuchimiz bilan g'alaba qozonishga harakat qilyapmiz. Biroq to'p raqiblar darvozasiga kirmayapti. Barchasi oldinda, endi 4ta tur o'tdi. keyingi o'yinlarda g'alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz", - deydi Sardor Rashidov


Jahongir Sotvoldiev yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia