Sardor Mirzaev: "Xalqimiz va muxlislardan uzr so'raymiz"

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2020, 19:19
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bugun OCHL saralash bosqichida Tojikistonning "Istiqlol" klubiga mag'lubiyatga uchradi.

Bu esa o'z o'zidan "temiryo'lchilar" ning Osiyo chempionlar ligasi bilan hayrlashganini anglatadi. Mazkur bahsdan so'ng mezbon jamoa yetakchisi Sardor Mirzaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yinni hamma ko'rdi. Biror narsa deya olmayman. Tashqaridan ham ko'ringan bo'lsa kerak biron yaqqol golga tortadigan vaziyat yarata olmadik. Hozir gapirsam bahonadek tuyulishi mumkin. Mag'lubiyatda omadni ro'kach qilmagan bo'lardim.

Agarda xavfli vaziyat yuzaga kelib, undan foydalana olmaganimizda omad kelmadi desa bo'ladi. Har yilgidek yana yangi futbolchilar keldi, ayrimlar tark etdi. Bir-birimizni tushunishimiz qiyin bo'ldi. Bu o'yin biz uchun yaxshigina dars bo'ldi deb o'ylayman. Butun O'zbekiston halqidan, stadionga kelgan muxlislardan uzr so'rayman. Bugun yetishmagan yagona omil hujumlarni tugallashda oqsaganimiz bo'ldi. Ichki chempionati bahslari boshlanishiga bir oy vaqt bor. Mana shu muddat ichida yanada yaxshiroq ishlaymiz", - dedi Mirzaev.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia